14:35 Özbegistanyñ taryhy binalaryndan | |
■ Tillo Shayx masjidi
Taryhy ýerler
Masjid 1890 yilda iymon-e’tiqodli, taqvodor Tillo Shayx ota ismli savdogar tomonidan qurdirilgan. U Xitoydan qo’ylar olib kelib sotish bilan shug’ullanib, bir yillik foydasidan ushbu masjidni qurdirib, mo’min-musulmonlarga in’om qilgan ekan. Ro’baro’da Baroqxon madrasasi joylashgan bo’lib, bu ikki yodgorlik sal shimolroqda qurilgan Qaffoli Shoshiy maqbarasi bilan birgalikda ko’p zamonlar Hazrati Imom (Hastimom) mahallasining guzari va eng ko’rkam joyi hisoblangan. ■ O’zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi «Tillo Shayx » masjidi yonida joylashgan «Mo’yi Muborak » deb nom olgan qadimgi binoda 1943 yili kutubxona tashkil etildi. Diniy idora raisi muftiy shayx Eshon Boboxon shaxsiy kutubxonasidan mingdan ortiq qo’lyozma kitoblarni taqdim etgan. Hozir kutubxonada 25 mingdan ziyod turli qo’lyozma va bosma asarlardan iborat ulkan xazina saqlanmoqda. Xazinadagi kitoblarning eng nodiri va qimmatlisi Hazrati Usmon (r.a.) davrlarida qadimiy arab xatida yozib sahifalangan Qur’oni karimdir. Kutubxona hamma vaqt ilm toliblari, mehmonlar, xorijlik sayyohlar bilan gavjum., Oʻzbekiston musulmonlari idorasi — Oʻzbekiston musulmonlariga rahbarlik qiluvchi diniy tashkilot. 1943 yil 20 oktyabrda Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari qurultoyida taʼsis etilgan. Toshkentdagi Baroqxon madrasasida joylashgan. Bu tashkilot 1992 yildan Movarounnahr musulmonlari idorasi, deb yuritilgan, 1996 yildan hozirgi nomi bilan ataladi. U davlatdan ajralgan mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritadi. Idora Oʻzbekistondagi musulmonlar oʻrtasida diniy ishlarni boshqarib turadi, fatvolar beradi, masjidlarga imom-xatiblar tayinlaydi, diniy xodimlar tayyorlaydi. Moddiy jihatdan musulmonlardan masjidlarga tushadigan xayr-ehson, yordamchi xoʻjaliklar va boshqalar hisobiga taʼminlanadi. Idora rahbar organi — Oliy hayʼat. Uning raisi muftiy hisoblanadi. Idoraning huquqshunoslik, xalqaro aloqalar, taʼlim va kadrlar tayyorlash, masjidlar va fatvo boʻlimlari bor. Toshkentdagi Imom Buxoriy nomidagi islom institutida (1971) va oʻnta oʻrta maxsus islom bilim yurti (shulardan 2 tasi xotin-qizlar bilim yurti)da kadrlar yetishtiriladi. Idora muassisligida «Hidoyat» jur. va «Islom nuri» gaz. nashr etiladi. Idora tasarrufidagi «Movarounnahr» nashriyoti diniy adabiyotlar, diniy taqvim va boshqalarni chop etadi. Musulmonlar idorasi xorijiy mamlakatlardagi koʻpgina diniy tashkilotlar bilan aloqa qiladi. Har yili 3,5—4 ming kishining haj safarini uyushtirishda faol ishtirok etadi. Idora oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida»gi qonunga rioya qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Din sohasidagi maʼnaviy-maʼrifiy, taʼlim ishlarini va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy koʻmak va imtiyozlar berish toʻgʻrisida»gi 2003 yil 22 avg .dagi 364-son qaroriga asosan idora qoshida maxsus jamgʻarma tashkil etildi. U islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini asrash, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni diniy aqidaparastlik va ekstremizm xataridan himoya qilish, mamlakatimizda ijtimoiymaʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish hamda din sohasidagi maʼnaviymaʼrifiy va taʼlim ishlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Idoraga turli yillarda Eshon Boboxon Abdumajidxon oʻgʻli (1943— 1957), Ziyovuddinxon Boboxonov (1957—1982), Shamsuddinxon Boboxonov (1982—1989), Muhammadsodiq Muhammadyusuf (1989—1993), Muxtorjon Abdullayev (1993—1997) raislik qilgan. Abdurashid qori Bahromov 1997 yildan raisdir. ■ Chashmai Ayyub maqbarasi Buxorodagi o’rta asrlar me’morchiligining alohida xususiyati – ko’cha yoki maydon bilan bir-biridan ajralib turgan va old yuzasi, darvozalari bilan bir-biriga qarab turgan ikkita ulkan inshootdan iborat bo’lgan majmualarning barpo etilishi edi. Shu asosda shaharning markaziy me’morchilik majmuasi yaratilgan – Poi Kalon («Ulkan inshoot osti») maydoni. Uning minorasi gumbazli o’tish yo’li bilan benihoya ulkan juma masjidi – Masjidi Kalon bilan bog’langan. Uning qarshisida XVI asrning boshida hatto bizning davrimizda ham ishlayotgan Mir-Arab madrasasi barpo etilgan. ■ Baroqxon madrasasi Baroqxon madrasasi — Toshkentda qurilgan Madrasa (1531/32 — 16-a. 2-yarmi). Hovli atrofida hujralar va ichki tarafida peshtoq boʻlib, madrasaning gʻarbiy qismi birmuncha oldinga chiqqan. Poydevori toshdan, qalin devorlari turli hajmdagi pishiq gʻishtdan ishlangan. Baʼzi joylari sinchli. Baroqxon madrasasi oʻrnida dastlab 2 (katta va kichik) maqbara boʻlgan. Kichik maqbarada Baroqxon qabri bor. Uning toʻrt tomonidagi eshiklaridan uchtasi keyinroq berkitib tashlangan (qolgan eshikdan zina bilan tomga chiqilgan). 1904 y.da masjidga aylantirilgan katta maqbarada Toshkent hokimi Suyunchxoʻja qabri joylashgan. Baroqxon ikki maqbarani oʻz ichiga olgan Madrasa qurdirgan. Madrasaning sharq tomonidagi ulkan peshtoqqa rang-barang sirkor gʻishtchalardan namoyon terilgan. U handasiy va girih naqshlar bilan hoshiyalangan. Peshtoqning yuqori qismi saqlanmagan. Asosiy peshtoqning orqa tomonida yana peshtoq va besh qirrali ravoq bor. Gʻarb tomondagi ichki peshtoq koʻk gumbazning tarkibiy qismi boʻlgan. Baroqxon madrasasining toʻrt burchagida choʻziq xona (qorixona)lar boʻlgan. Bino shakli va bezaklari oʻz holicha qolgan. Uning 22 m li gumbazi koʻk sirkor gʻishtchalar bilan pardozlangan (gumbaz 1868 y.gi zilzila paytida qulab tushgan). Gumbaz ostidagi 4,5 m li poygumbazga turli rangdagi sirkor gʻishtchalardan handasiy va girih naqshlar terib yaratilgan, Qurʼon suralari bitilgan. Maqbara ichki qismidagi bezaklar keyinchalik koʻchib tushgan. Ichki devorning tepa qismida ganchdan ishlangan naqshlar boʻlib, ularga oltin suvi yugurtirilgan, pastki qismida olti burchakli sopollardan terilgan keng izora bor (ular yashil sirkor, zarhalli gʻishtchalar bilan ajratilgan). 20-a. boshlaridagi taʼmir vaqtida qad. bezaklarning qoldigʻi koʻchirib tashlanib, oq ganch bilan suvalgan. Baroqxon madrasasi naqshlarining goʻzalligi, qurilish uslubi jihatidan Samarqandning eng yaxshi meʼmoriy yodgorliklari (15-a. ikkinchi yarmidagi Oq saroy va Ishratxona)ga yaqinlashadi. 1946, 1949, 1951, 1967 y.larda taʼmir ishlari olib borilgan. Baroqxon madrasasida Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi joylashgan. # tarix.uz | |
|
Teswirleriň ählisi: 0 | |