11:58 Özbek kowumdaşlaryñ urp-adatlaryndan | |
MILLIY URF-ODATLAR
Halk döredijiligi we rowaýatlar
Go’zal urf-odatlarimiz umrboqiydir. Ko’p ming yillik tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqi asrlar davomida o’ziga xos xilma-xil urf-odatlar, marosimlarni yaratdi. Ular doimiy takrorlanishi va xalqning ularga amal qilib kelishi natijasida umrboqiydir. Turmushga, zamonga qarab ularning ayrimlari unutiladi. Zamonga qarab, yangilari paydo bo’ladi, eng xalqchillari esa avloddan-avlodga o’tib keladi. Xalqimiz turmushida «To’y» nomi bilan yuritiladigan marosimlar juda ko’p. Bunday marosimlarning chiroyli o’tishida ayollarning hissasi katta bo’lgani bois xalqimizning eng qimmatli urf-odatlarini avloddan-avlodga yetkazishda ham ularning o’rni beqiyosdir, Farzand voyaga yetib borar ekan, ona unga atab bisot sandig’ini ochadi. Nikoh to’yi kelajak oilaning poydevoriga asos soladi, shuning uchun ham barcha tadbirlarga yoshu-qari, erkagu-ayol birdek ishtiyoq bilan kirishadilar. Garchi to’y tantanalari bir kunda, bir necha soatda o’tsa ham, ungacha tayyorgarlik ko’rish, to’ydan keyingi rasm-rusumlarini hisobga olganda bir necha kunga cho’ziladi. Nikoh to’yi marosimi o’zbeklarda qadimdari sovchilikdan boshlangan va hozir ham bu rusumga rioya qilib kelinadi. • Milliy an’ana va qadriyatlar Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo’lgan bunday qadriyat va an’analar bir-ikki kunda paydo bo’lib qolmagan. Insoniyatnrng necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar sinovidan o’tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash mumkin bo’ladi. Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog’liq holda namoyon bo’ladi. O’zbek xalqining asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o’zi tug’ilib o’sgan ona yurtiga ehtirom, o’z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o’tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko’rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida e’tibor berish singari ko’plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi. Xalqimiz juda qadim paytlardan boshlaboq ko’chmanchilikdan o’troq hayot kechirishga o’tgan, shunday hayot tarziga o’rgangan. Odamlar o’zi o’rnashib qolgan yerni, uning atrofidagi suv manbalarini qadrlashni, asrashni odat qilganlar. Chunki mana shu yer va suv yordamida olinadigan hosil insonlarning rizqi, tirikchiligina muhim manbayi hisoblangan. Bunday o’troq hayot tarzi odamlarni jamoa bo’lib, bir-biriga yelkadosh bo’lib yashashiga, mehnat qilishi mehnat mahsullarini o’zaro ayirboshlash orqali savdo munosabatlari kirishishiga olib kelgan. Shu tariqa qishloq xo’jaligi hamda shahar madaniyati yuksala borgan. Yurtimizda bunyod etilgan Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Marg’ilon, Termiz va Qo’qon singari o’nlab shaharlarning yoshi ming yillar bilan o’lchanishi ham bejiz emas. Demoqchimizki, xalqimiz o’zi tug’ilib o’sgan yer-zaminga qattiq bog’langan, uni e’zozlashni bolaligidan o’rganib, his qilib o’sadigan millat sanaladi. Demak, xalqimizning o’z yurtiga cheksiz sadoqati, ehtiromi bilan bog’liq milliy an’ana va qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek, xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsatish, mehmondo’stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo’lish, hayo, ibo va mehr-oqibat, ahli ayolini — oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari an’ana va qadriyatlari ham hayotning uzoq sinovlaridan o’tgan o’lmas ma’naviy merosimiz sanaladi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan e’tiboran xalqimizning xotirasini tiklash, qadimgi urf-odat va qadriyatlarini e’zozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish yuzasidan chinakam tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu keng ko’lamli jarayon birgina o’zbek millatining tili, dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanib qolmay, balki mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning qadriyatlariga yuksak hurmat ko’rsatish bilan uzviy tarzda olib borilmoqda. Bu esa O’zbekistonni o’zining muqaddas Vatani deb barcha fuqarolarimiz orasidagi o’zaro hurmat, birodarlik, bag’ri kenglik fazilatlarining namoyon bo’lishida, Yurtboshimizning «Shu aziz Vatan barchamizniki» degan ezgu g’oyasi hayotga izchil tatbiq qilinishi muhim ro’l o’ynamoqda. • Beşik to'y Unda asosan boshqa to’ylardan farqli erkaklar qatnashmaydi. Beshik to’yi kuni qizning onasi qarindoshlari, qo’ni-qo’shnilarini olib, yasatilgan beshikni qudanikiga olib boradi va kirilayotganda alla aytiladi. Ayrim taxminlarga ko’ra alla so’zi «Olloh» so’zidan kelib chiqib yaratgandan chaqaloqni o’z panohida saqlashni iltijo qilishga nisbatdur. Alla shunday bir qo’shiqki uni hech zamonda, hech bir shoir yozolmagan, baxshilar to’qib chiqarolmagan. Uni har bir yurak o’zicha kuylaydi. Alla farzand tarbiyasi uchun bitilgan shoh asardir! # tarix.uz | |
|
Teswirleriň ählisi: 0 | |